⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen Fransiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olisega juda yuqori baho berdi!
— Oliseni nima o’zgacha qiladi? U bilan o’ynashni istarmidingiz? Angliya terma jamoasiga kirarmidi? — Kirarmidi?! Albatta, muammosiz! Bu haqiqiy sensatsiya! Olise hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri! Men buni shunchaki hissiyotga berilib aytmayapman, u so’nggi bir-ikki yilda juda kuchli o’sdi. U «Kristal Pelas»da doim juda yaxshi o‘ynagan, ammo o‘yinini butunlay yangi darajaga ko‘tardi va dunyoning eng xavfli futbolchilaridan biriga aylandi! Ajoyib! Maykl ajoyib driblingga ega, u yaxshi pas beradi, yuguradi, gollar uradi — u deyarli hamma narsani uddalaydi! Olise raqib himoyasi uchun o‘ta xavfli! Menimcha, u dunyoning istalgan terma jamoasiga muammosiz kirardi! Men undan juda hayratdaman, uning so‘nggi bir-ikki yildagi o‘sish sur’atlari meni lol qoldirdi! — deya Ouenning so‘zlarini Get French Football News nashri keltiradi.







