⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Madridning «Real» klubi rahbariyati Yevropa futbol assotsiatsiyalari (UEFA)ga rasmiy murojaat yo’lladi. Unda hayratlanarli tarzda «Barselona»ni Ispaniya hakamlar texnik qo’mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra davrida kataloniyalik klub qo’lga kiritgan barcha sovrinlaridan mahrum etish so’ralgan! Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Negreyra 2001-yildan 2018-yilgacha La Liga hakamlar qo’mitasida yetakchi lavozimda ishlagan. Bu ajoyib davrda «ko’k-anorranglilar» 30 dan ortiq sovrin, jumladan, to’qqizta chempionlik va to’rtta Chempionlar Ligasi g’alabasini qo’lga kiritgan!
Eslatib o’tamiz, 2023-yilda «Barselona»ga poraxo’rlik bo’yicha ayblovlar qo’yilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko’ra, 2001-yildan 2018-yilgacha «Barselona» Negreyraga go’yo oraliq firmalar orqali pul o’tkazgan.
«Barselona» hozirda futbol bo’yicha Ispaniyaning amaldagi chempioni. «Real» Madrid esa 2025/2026-yilgi La Liga mavsumida ikkinchi o’rinni egallagan.







