⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Moskva Spartagi» bosh murabbiyi Xuan Karlos Karsedo «OLIMPBET Rossiya Superkubogi» oʻyini oldidan jamoa muxlislari haqida gapirdi! Qizil-oqlar bu ajoyib o’yinda Sankt-Peterburgning «Zenit»iga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Nijniy Novgorodagi «Sovkombank Arena» stadionida bo’lib o’tadi. Bosh hakam Evgeniy Bulanov. Hakamning boshlang’ich hushtagi 18:00 da yangraydi.
Karsedo dedi: «Bunday muxlislar armiyasi bor jamoada bo’lish bizga omad! Ko’plab stadionlarda buni his qilamiz. Maydonda 11 ga 11 o’ynaymiz, ammo qiyin daqiqalarda ularning qo’llab-quvvatlashini sezamiz. Ertaga muxlislarimiz bilan g’alabani nishonlashga umid qilamiz!» Bu so’zlarni «Chempionat» muxbiri Ilya Nikulnikov yetkazdi.







