⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Le Figaro nashri «PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonovning «Aston Villa»ga qarshi (2:1) UEFA Superkubogi o’yinini yuqori baholadi. «Ajoyib! Rossiyalik darvozabon parijliklar g’alabasida yana muhim rol o’ynadi. Safonov darvoza tomon yo’llangan to’rtta zarbaning uchtasini qaytardi, jamoaning asosiy figurasiga aylandi va uni eng kerakli daqiqalarda qutqardi. U hech qachon yashirinmaydigan, mas’uliyatdan qochmaydigan futbolchi. Chinakamiga ulkan hurmatga loyiq!» — deyiladi nashrda. UEFA Superkubogida «Aston Villa»ga qarshi Matvey Safonov asosiy tarkibda 90 daqiqa o’ynab, bir gol o’tkazib yubordi. Rossiyalik futbolchi «PSJ» bilan o’zining to’qqizinchi sovrinini qo’lga kiritdi! Bu ajoyib yutuq!







