⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib xabar! «Rodina» futbol klubi Telegram-kanalida 5-iyuldan 18-iyulgacha Serbiya, Belgradda o’tadigan yozgi yig’inlar tarkibini e’lon qildi! Mana, «Rodina»ning yozgi yig’inlardagi tarkibi!
Darvozabonlar: Aydarov, Volkov, Svinov.
Himoyachilar: Bessmertniy, Goglichidze, Dyatlov, Krijan, Larionov, Meshchaninov, Sokol, Tananeev, Shadrinsev, Yudintsev.
Yarimhimoyachilar: Abdusalomov, Bakayev, Gordyushenko, Yegorichev, Maksimenko, Musayev, Reyna, Tixonov, Ushatov, Fishchenko.
Hujumchilar: Garibyan, Sissoko, Timoshenko.
«Rodina» o’tgan mavsumda Pari ligasi g’olibi bo’ldi! Jamoa 68 ochko bilan 2026/2027-yilgi Rossiya futbolining oliy divizionida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi! Qolaversa, «Rodina»dan tashqari, Voronejning «Fakel» klubi ham RPLga chiqdi!







