⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Zenit»ning sobiq darvozaboni Mixail Kerzhakov futboldan ketgach, nega media karyerasini boshlamayotganini aytdi. Darvozabon professional faoliyatini 2026-yil mayida yakunlagan.
«Menimcha, ikki mezon bo’lishi kerak,» – dedi Kerzhakov. «Yo inson akamdek, Shavadek (Andrey Arshavin – «Chempionat» izohi) o’sha vaqtdagi qiziqarli hikoyalarni so’zlab bersin – ularda bundaylari juda ko’p! Yoki Volodya [Bistrov] singari (kuladi) shov-shuv ko’tarsin!
Menda ham ko’p hikoyalar bor, ammo ularni aytishga hijolat qilaman. Ular shundayki… bu voqealarga aloqador odamlarga yoqmasligi mumkin. Men bularning hammasini oshkor qilishni istamayman!» Kerzhakov «SBG Shou» kanalidagi videosida shunday dedi. Bu haqiqiy sensatsiya!







