⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! «Zenit»ning sobiq darvozaboni Mixail Kerjakov o’g’lining «yordami» tufayli «Krasnodar» RPLning so’nggi turidan bir oldin «Dinamo»ga mag’lub bo’lganini, shu bilan «Zenit»ga 2026-yil chempionlikni rasmiylashtirishda ko’maklashganini so’zlab berdi!
— «Zenit» 2026-yil chempioni ekanligini qachon bildingiz? — Final hushtagi yangraganda! Keling, «Dinamo» va «Krasnodar» o’yinidan boshlaymiz. Men «Dinamo» ulardan ochko olishiga ishonmasdim, yo’q, amin edim.
O’yinni uyda akam San’ya bilan tomosha qildim. Birinchi taymdan so’ng «Krasnodar» oldinda edi… Voqealar oydinlashdi, chempionlikka xayr dedim. Keyin sayrdan o’g’lim keldi. «Dinamo» hisobni tenglashtirdi! Uni yonimga chaqirib: «Shu yerda o’tir», dedim. Ular o’ynashda davom etishdi. O’g’lim: «Uxlayman, ketaman», dedi. Men: «O’tir», dedim. «Iltimos, o’tir, ozgina sabr qil», dedim. U: «Chiday olmayman», dedi. Keyin gol urishdi. O’g’lim: «Dada, ketsam bo’ladimi?» dedi. Men: «O’tir!» dedim. Uni quchoqlab: «Bo’ldi, ozgina qoldi», dedim. U: «Chiday olmayman, uxlamoqchiman», dedi. Men: «Bor-yo’g’i besh, to’rt daqiqa qoldi-ku, bo’laqol», dedim.
Ammo shunga qaramay, men baribir juda qattiq xavotirda edim, «Rostov» bilan bog’liq biror narsa bo’lishidan qo’rqardim!
— «Zenit»dan bitta medal o’g’lingizga berilishi kerak! — Men unga o’zimnikini beraman! — dedi Kerjakov «SBG Shou» kanalidagi videoda.







