⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi va sardori Bruno Fernandes Angliya Premer-ligasi 1-turida «Hull City»ga (0:2) mag’lubiyat haqida gapirdi. Bu kutilmagan zarba!
«Biz «Hull City»ning motivatsiyasini tushunardik. Agar kimdir buni bilmagan bo’lsa, bu juda g’alati! Premer-ligada bunday stadionlarda o’ynash oson emas – bosimga qaramay harakat qilish kerak. Biz ikkita standartdan gol o’tkazdik, bu o’yinni boy berishimizga sabab bo’ldi.»
«Muxlislarimizning hafsalasi pir bo’lganini tushunaman. Har mavsum boshidan biz raqobatlashishni, iloji boricha uzoqqa borishni va har o’yinda yutishni istaymiz. Muxlislarimiz o’tgan mavsumdagidek bizga zarur, ularning qo’llab-quvvatlashiga muhtojmiz. Yaxshiroq o’ynashimiz shartligini o’zimiz ham bilamiz,» – deya Fernandes so’zlarini TNT Sports keltirdi.







