⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib yangilik! Bu haqiqiy sensatsiya! «Chelsi»ning 22 yoshli yarim himoyachisi Andrey Santos «Manchester Yunayted»ga o’tdi! «Qizil iblislar» braziliyalik futbolchining transferini o’z rasmiy saytida e’lon qildi. Tomonlar uzaytirish imkoniyati bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolashdi. OAV avvalroq bitim summasi 50 million funt sterling (58,5 million yevro) ekanini ma’lum qilgan. Santos 2023 yil yanvaridan «ko’klar» futbolchisi edi. O’tgan mavsumda yarim himoyachi 43 o’yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan ajoyib natija qayd etdi! Transfermarkt’ga ko’ra, uning bozor narxi 40 million yevro.







