⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Pol Skoulz «Manchester Yunayted»ga ajoyib tavsiya berdi! Afsonaviy yarim himoyachi «qizil iblislar»ga «Tottenxem Xotspur» himoyachisi Kristian Romeroni xarid qilishni maslahat qildi.
«Fikrimcha, yozda «Manchester Yunayted» hujum muammolarini hal qildi, ammo ularga, ehtimol, ikki markaziy himoyachi zarur!» — dedi Skoulz. «Balki bu kulgili tuyular va meni tanqid qilishlari mumkin, lekin men borib «Tottenxem»dan Kristian Romeroni sotib olardim! Bu haqiqiy sensatsiya!»
«Ha, u bilan ba’zan qiyinchiliklar bor, intizomiy muammolarini bilaman, ammo u «Manchester Yunayted» uchun juda yaxshi markaziy himoyachi bo’la oladi. Maykl Kerrik unga albatta to’g’ri yondashuv topa oladi. Gap jahon chempionati finalida markaziy himoyachi sifatida o’ynagan futbolchi uchun 30-40 million funt sterling haqida ketmoqda. Bu hayratlanarli narx! Uning intizom muammolari borligini bilaman, ammo men uni baribir olib kelardim!»
«Menimcha, «Manchester Yunayted»ga shoshilinch markaziy himoyachi kerak, hozirgi himoyachilar yetarli emas,» — deya yakunladi Skoulz «The Good, The Bad & The Football» podkastining yangi sonida.







