⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Madridning «Real» klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem «Birmingham Siti» hamda «Barselona» o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvini kuzatmoqda! Angliyaning Birmingham shahridagi «Sent-Endryus» stadionida ayni damda 1:1 hisobi bilan davom etayotgan bu bahs haqiqiy sensatsiya!
Bellingem «Birmingham Siti» tarbiyalanuvchisi bo’lib, 2010-2020 yillarda shu klub tizimida o’sgan va keyin Dortmundning «Borussiya»siga o’tgan. U «ko’klar» safida 44 o’yinda 4 gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko’ra, uning bozor qiymati naqd 160 million yevro! Hayratlanarli!







