Diomande: «Real»ga yo’q deya olmaysan, Mourinyoga rahmat!

Diomande: "Real"ga yo'q deya olmaysan, Mourinyoga rahmat! Yangiliklar
Diomande: "Real"ga yo'q deya olmaysan, Mourinyoga rahmat! — Yangi futbolchi Yan Diomande "Real Madrid"ga oʻtishi haqida soʻz ochib, transferiga ko'makla...

Yangi futbolchi Yan Diomande «Real Madrid»ga oʻtishi haqida soʻz ochib, transferiga ko’maklashgan «slivkalar» bosh murabbiyi Joze Mourinyoga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqiqiy sensatsiya!

«Mourinyoga rahmat aytmoqchiman, u bilan oldin suhbatlashgan edik. Men bu yerda uning va klubning sharofati bilanman. Bu transfer uchun rahmat, menga ishongan murabbiy va klubga minnatdorman. Kiyinish xonasida jahon darajasidagi futbolchilar boʻlishi doimo a’lodir! Avvallari ularni televizorda tomosha qilardim, endi esa bir xonada ekanligimiz — bu hayratlanarli!»

«Hamma narsa ajoyib! Ha, bu yerda hammasi boshqacha, hammasi og’irroq. Bu tabiiy, chunki «Real» ulkan klub, shuning uchun dunyoning eng yaxshi jamoasi boʻlish uchun boshqa joylarga qaraganda koʻproq mehnat qilishimiz shart. Men aynan shuni qilishga intilaman. Jamoaning bir qismi boʻlib, unga katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam bermoqchiman.»

«»Real» qo’ng’iroq qilganida, «yo’q» deya olmaysiz. Hammasi oddiy! Nimalar kutaman? Klub bilan katta muvaffaqiyatlar, jamoamga barcha sovrinlarni yutishda yordam berishni xohlayman. Bu yerda ekanimdan juda xursandman va koʻplab g’alabalarga umid qilaman», — deya Diomandening so’zlarini «Real» matbuot xizmati X’dagi sahifasida e’lon qildi.

Nima uchun «Real» Madrid XX asrning eng yaxshi klubi?

Оцените статью
⚽ LIVE
FC Copenhagen1-0Debreceni VSC40'
GKS Katowice0-1Hapoel Tel Aviv39'
Rapid Vienna1-0Paide41'
FC Copenhagen1-0Debreceni VSC40'
GKS Katowice0-1Hapoel Tel Aviv39'
Rapid Vienna1-0Paide41'