⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Atletiko» Madrid bosh direktori Migel Anxel Xil hayratlanarli bayonot berdi: hujumchi Xulian Alvares shu yozda Madrid klubini tark etmaydi! Axir, avvalroq bu iste’dodli hujumchi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi e’tiborini tortgani xabar qilingan edi. Xilning qat’iy so’zlari vaziyatga nuqta qo’ydi: «Mening va klubning pozitsiyasi aniq. Biz buni futbolchi, uning vakillari hamda «Barselona» prezidentiga yetkazdik!» Bu gaplarni mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romano o’zining X ijtimoiy tarmog’ida e’lon qildi. Eslatib o’tamiz, «Atletiko» o’tgan yozda 26 yoshli argentinalikni «Manchester Siti»dan naqd 75 million yevroga sotib olgan edi. Fantastik summa! 2025/2026-yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 49 o’yinda 20 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu ajoyib ko’rsatkich!







