⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Bu haqiqiy sensatsiya! WhoScored portali UEFA Chempionlar Ligasi 2025/2026-yilgi mavsumining ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Eng hayratlanarlisi, finalda London «Arsenal»ini (1:1, penaltilar seriyasida 4:3) yutgan Fransiyaning «PSJ» klubidan to’rt nafar futbolchi joy oldi! WhoScored talqiniga ko’ra UEFA Chempionlar Ligasi 2025/2026-yilgi mavsum ramziy jamoasi: Tibo Kurtua («Real»), bahosi — 7,41; Ashraf Hakimi («PSJ») — 7,08; Virjil van Deyk («Liverpul») — 7,07; Alessandro Bastoni («Inter») — 7,03; Nunu Mendesh («PSJ») — 7,21; Vitinya («PSJ») — 7,23; Dominik Soboslai («Liverpul») — 7,59; Lamin Yamal («Barselona») — 8,04; Kilian Mbappe («Real») — 8,12; Harri Keyn («Bavariya») — 8,08; Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») — 7,78.






