⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib yangilik! PSJ futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyaning rafiqasi Nitsa Tavadze jamoaning UEFA Chempionlar Ligasi-2025/2026 finalida Londonning «Arsenal»i ustidan (1:1, penaltilar seriyasida 4:3!) qozongan g’alabasidan so’ng turmush o’rtog’iga hayajonli murojaat qildi!
«Qaniydi insonlar bunday lahzalarga erishish uchun qancha kuch kerakligini tushunishsa! Bosim, qurbonliklar, intizom, umidlar… va shunga qaramay, sen har kuni olg’a qadam tashlashda davom etding.
Endi sen ketma-ket ikkinchi yil chempionsan! Orzu qilganingga erishganingni ko‘rish — bu eng go‘zal tuyg‘u. Men sen bilan cheksiz faxrlanaman, seni doimo sevaman, mening abadiy chempionim! Oldinda hali ko’p narsalar bor!» — deb yozdi Tavadze o’zining ijtimoiy tarmog’ida.






