⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib xabar! Angliyaning «Manchester City» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach klubni tark etadi! Bu haqda «Manchester City»ning rasmiy sayti ma’lum qildi. 2016-yil iyulida «Manchester City»ga boshchilik qilgan kataloniyalik mutaxassis 10 yillik faoliyati davomida jamoaga ulkan ta’sir ko’rsatdi. U klubni 20 ta yirik sovrin bilan tark etib, klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylandi. Bu haqiqiy rekord, hayratlanarli natija! «Manchester City» bosh murabbiyi lavozimini tark etishiga qaramay, Pep City Football Group bilan hamkorlikni davom ettiradi va global elchi lavozimini egallaydi. Bu rolda u guruh klublariga texnik maslahatlar berib, aniq loyihalar va hamkorlik ustida ishlaydi», — deyiladi klub xabarida.







