«Tottenham Hotspur» yarim himoyachisi Xavi Simons og‘ir jarohati sababli AQSH, Kanada va Meksikadagi 2026-yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishini o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi. Bu kutilmagan va achinarli xabar!
«Hayot shafqatsiz deydilar, men bugun aynan shunday his qilmoqdaman», — deya yozgan Simons. — «Mening mavsumim to‘satdan yakunlandi, men buni tushunishga urinayapman. Rostini aytsam, yuragim parchalandi, buning hech qanday mantiqi yo‘qdek.
Men faqat jamoam uchun kurashishni istagandim, ammo bu ajoyib imkoniyat, Jahon chempionati va mamlakatim sharafini himoya qilish orzusi mendan tortib olindi… shunchaki yo‘q bo‘ldi. Bu chinakam fojia!
Bu holatga ko‘nikish uchun vaqt kerak, ammo men eng yaxshi jamoadosh bo‘lishda davom etaman. Birgalikda bu jangda g‘alaba qozonishimizga sira shubham yo‘q.
Endi men imon, kuch, matonat va qat’iyat bilan yo‘lga tushaman, maydonga qaytish kunlarini sabrsizlik bilan sanayman. Men bilan sabrli bo‘ling. COYS», — deya yakunladi Simons ta’sirli murojaatini.
Eslatib o‘tamiz, Simons Angliya Premer-ligasining «Wolverhampton»ga (1:0) qarshi 34-turida jarohat olgan edi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







