Sensatsiya! «Vulverhempton» jamoasi 33-tur yakuni bilan Angliya Premyer-ligasini tark etdi. Bu shunchaki hayratlanarli! Voqea «Kristal Pelas» va «Vest Hem Yunayted»ning 0:0 hisobidagi durang natijasi sabab aynan hozir ro’y berdi! Mavsum tugashiga besh tur qolganda «bo’rilar» hisobida atigi 17 ochko bor edi. 17-o’rindagi «Bolg’achilar» «Shishagar»lar bilan durang o’ynab, 33 ochko to’pladi. Shu tariqa, Uest-Midlends jamoasi Angliya futboli elitasida qolish uchun matematik imkoniyatlarini butunlay yo’qotdi. Bu haqiqiy drama! Hozirda quyi zonada «Tottenhem Hotspur» (31) va «Byornli» (20) ham borligini unutmang. Avvalroq, keyingi mavsumda APLda «Koventri Siti» o’ynashi ma’lum bo’lgandi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







