⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Real» va Vinisius Jr. yangi shartnoma bo’yicha hozircha kelisha olmayapti! Hayratlanarli vaziyat!
Sport.es nashrining ma’lumotiga ko’ra, muzokaralardagi asosiy to’siq moliyaviy shartlardir. Braziliyalik qanot hujumchisining manfaatlarini Roc Nation agentligi himoya qiladi; uning vakillari dushanba kuni Madridga keladi.
Ular «Real» rahbariyati bilan nafaqat Vinisiusning kelajagini, balki «Leyptsig» vingeri Yan Diomandning ham mumkin bo’lgan transferini muhokama qilishi kutilmoqda.
Futbolchi tomoni yangi kelishuvga 15 million yevro miqdoridagi sadoqat bonusini kiritishni talab qilmoqda. Bu pulni u shartnomani to’liq bajargach oladi.
Bundan tashqari, Vinisius vakillari uning maoshini Kilian Mbappening oyligiga yaqin bo’lishini istamoqda – mavsum uchun soliqlar ushlab qolinishidan avval taxminan 30 million yevro! Bu haqiqiy sensatsiya!
Biroq, «Real» bunday shartlarni qabul qilishga hozircha tayyor emas. Vinisiusning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyuniga qadar amal qiladi.
O’tgan mavsumda 26 yoshli braziliyalik futbolchi «Real» safida barcha turnirlarda 22 ta gol urdi. Jamoa esa mavsumni kuboklarsiz, Ispaniya chempionatida ikkinchi o’rinni egallab yakunladi.







