⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Diqqat! Rossiya terma jamoasi murabbiyi Viktor Onopko Trinidad va Tobago bilan o’yin oldidan Rossiya stadionlari haqida ajoyib fikrlarini Kaliningradda bildirdi! «Kaliningrad allaqachon katta futbolga mezbonlik qilgan. Rossiyaning bunday go’zal shaharlarida, qoyilmaqom stadionlar barpo etilgan joylarda o’ynayotganimizdan juda mamnunman! Kelgan terma jamoalar ham bundan hayratda, deb o’ylayman. Ular stadionlarni suratga olib, videoga tushirmoqda. Hatto hakamlar ham bunday qilishmoqda! Bunday stadionlar dunyoda chindan ham kam uchraydi! Barchasi muxlislar uchun, barchasi mamlakatimiz uchun! Futbolchilar ham buni yaxshi tushunishadi va terma jamoaga nega kelishganini bilishadi», — deya Onopkoning so’zlarini RFU rasmiy sayti keltirmoqda. O’yin 9-iyun kuni Kaliningraddagi «Rostex Arena»da. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.







