⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vaart Yevro-2008da Rossiya milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinni esladi, bu qanday unutilmas bahs edi! Gus Xiddink shogirdlari qo‘shimcha vaqtda ikkita gol urib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.
«O’sha o’yinni yana bir bor ko’rib chiqing-a! Menga ishoning: har bir to’p yonimizdan shunchaki uchib o’tardi. Bazelda +40°C issiq edi, biz esa butunlay holdan toygan edik. Qo’shimcha vaqt boshlandi, ular esa go’yo yangi kuch bilan maydonda edilar.
Mayli. Bu haqda gapirmasligimiz kerak, ammo Rossiyadagi o’sha doping mojarosi… Biz ularni press qildik va hozir sindiramiz deb o’yladik. Ammo Arshavin yana birinchi daqiqadagidek yugura boshladi. Biz bunga ortiq dosh bera olmadik!» — deya Sportnieuws.nl van der Vaart so’zlarini keltiradi.







