⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Dahshatli xabar! Madridning «Real» yarim himoyachisi va sardori Federiko Valverde bugungi mashg’ulotdan so’ng kiyinish xonasida jamoadoshi Orelen Tchouameny bilan janjalda hushidan ketdi! Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda. Dahshatli tafsilotlar! AS ta’kidlashicha, Tchouameny Valverdegа kuchli zarba berib, uni yerga qulatgan, natijada uning bosh terisi jarohatlangan. Urugvaylik futbolchida kuchli bosh aylanishi boshlanganidan so’ng, u «Real» bazasini nogironlar aravachasida tark etishga majbur bo’lgan. Bu chinakamiga sensatsiya! Avvalroq, Valverde Tchouamenyning oldingi mojaro uchun yarashish taklifini rad etgani ma’lum bo’lgandi. Shu sababli, futbolchilar o’rtasida yana janjal yuzaga kelib, urugvaylik futbolchining boshidan jarohat olishiga olib keldi.







