⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi, 2026-yilgi Jahon Chempionati yarim finalida Angliya terma jamoasi Argentinadan 1:2 hisobida alamli mag’lubiyatga uchraganidan so’ng, bosh murabbiy Tomas Tuchelning yonini oldi. Bu chinakam hayratlanarli! U nemis mutaxassisini ishdan bo’shatish mumkin bo’lgan yagona shartni ham tilga oldi.
«Men hozirda boshqa hech kimni ko’rmayapman, agar siz Pep Gvardiolani taklif qilmasangiz! Agar Pep bo’sh bo’lsa, unda, ehtimol, uni taklif qilishga arziydi. O’ylaymanki, u [Tuchel] birinchi darajali murabbiy, eng yaxshi murabbiylar esa xatolardan saboq oladi, takomillashadi va yanada yaxshi bo’ladi! Agar biz uni ishdan bo’shatsak, qaysi murabbiylarni taklif qilamiz o’zi?»
«Gvardioladan boshqa hech kim Tomas Tuchel kabi yaxshi emas, deb o’ylamayman. Eng muhimi — unda Jahon Chempionatlarida ishtirok etish tajribasi yo’q edi. Ajablanarlisi shundaki, [Fabio] Kapello bilan ham aynan shunday vaziyat bo’lgan! Jahon Chempionati — bu mutlaqo boshqa musobaqa, uning atmosferasini his qilish shart, va endi u buni his qildi!» — dedi Runi BBC uchun o’zining podkastida.







