⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba transferi bo’yicha taklifini yangilamoqda! Bu haqda Sky Sports xabar berdi. Avvalroq, italyan klubi futbolchi uchun 25 million yevro atrofida taklif qilgan, ammo rad etilgan. Hayratlanarli! Endi taklif 30 million yevro, yana 5 millioni esa bonuslar ko’rinishida. Sensatsiya! Futbolchi uchun Milanlik «Inter» klubi ham jiddiy da’vogar. O’tgan mavsumda Trevo Chaloba 47 o’yinda uchta gol urgan. Transfermarktga ko’ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 40 million yevro. Hozirda himoyachi Angliya terma jamoasi lagerida, 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorlanmoqda.







