⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib xabar! «Tottenham» «Monako» hujumchisi Folarin Balogunni 60 million yevroga sotib olish uchun taklif berdi! L’Équipe nashri shu haqda xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko’ra, London klubi 25 yoshli forvardni qo’lga kiritish poygasida oldinga o’tib ketdi. Hatto «shporlar» «Nyukasl»ni ham ortda qoldirdi – bu haqiqiy sensatsiya! «Monako» esa AQSH terma jamoasi futbolchisini sotish bo’yicha muzokaralarga tayyor.
O’tgan mavsumda Balogun 43 ta o’yinda 19 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi. Fantastika! Uning klub bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha. Transfermarktga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevro.
Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar:






