⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib sensatsiya! Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua jahon chempionatlari tarixida darvozabonlar orasida o‘tkazgan o‘yinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi! Bu haqda OptaJose o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda. Uning hisobida 20 ta o‘yin bor. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Fransiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Lloris bilan tenglashdi. Rekord esa Germaniya terma jamoasidan Manuel Neuerga tegishli.
Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar ro‘yxati:
Manuel Neuer (Germaniya) — 23 ta o‘yin
Ugo Lloris (Fransiya) — 20 ta o‘yin
Tibo Kurtua (Belgiya) — 20 ta o‘yin
Ayni damda Belgiya terma jamoasi JCh-2026 1/8 finalida AQSH terma jamoasi bilan shiddatli to‘qnashuvda! Hisob hozircha 2:1, Belgiya foydasiga! 2026-yilgi jahon chempionati esa 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda.







