⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Arsenal» va «Barselona»ning afsonaviy sobiq hujumchisi Tyerri Anri Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda Argentina sardori Lionel Messining taqqoslanishi borasida hayratlanarli fikr bildirdi! «Bu – xato! Nega ularning ajoyib o’yinidan zavqlanish o’rniga, odamlar ularni ajratishga urinishadi, axir?! Bu kulguli!» — deya Anri fikrlarini boshladi. «Albatta, men Leo bilan o’ynaganim sabab uni tanlayman, ammo bu Krishtianuga qarshi chiqishimni anglatmaydi. Ikkisi ham futbol cho’qqisi! Ular boshqa sayyoradan kelgan! Sport tarixidagi Nadal va Federer, Prost — Senna kabi bir-birlarini yaxshiroq qildilar. Krishtianu va Leo raqobatdan butunlay tashqarida!» — deya uning so’zlarini «Marca» nashri keltiradi.







