⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! «Barselona» darvozaboni Ter Shtegenning Niderlandiyaning «Ayaks» klubiga o’tishi bo’yicha bitim butunlay to’xtab qoldi, transfer barbod bo’lish arafasida! Bu haqda jurnalist Matteo Moretto X ijtimoiy tarmog’ida xabar bermoqda. Manbaga ko’ra, muammo faqat soliq bilan bog’liq emas: so’nggi soatlarda darvozabonning maoshini taqsimlash borasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Muzokaralarda tomonlar murosasizlik ko’rsatmoqda, bu esa transferni yakuniy bosqichlarda murakkablashtirib yuborishi aniq! Hozirda futbolchi «Barselona»da qolib, mavsumoldi yig’inlarida jamoasiga yordam bermoqda. Biroq ommaviy axborot vositalarida uning bu yozda kataloniyaliklar safini aniq tark etishi kerakligi aytilmoqda. Ter Shtegen 2014-yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. U 2025/2026-yilgi mavsumning ikkinchi qismini «Jirona»da ijara asosida o’tkazdi, ammo afsuski, jarohati tufayli atigi ikki o’yinda ishtirok eta oldi.







