Ajoyib! Ispaniyaning «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone «Barselona»ga qarshi o’yinlardan so’ng Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqani haqida gapirdi. «Atletiko» chorak finalda ikki o’yin yakuniga ko’ra umumiy 3:2 hisobida ustun keldi! «Ularning o’yinini ko’rdingizmi? Start hushtagi yangraganda, men ‘Bu g’ayritabiiy!’ dedim.» «Chempionlar Ligasi chorak finalida «Barselona»ni uch marta chiqarish oson emas — Messi «Barsa»sini, Lamine [Yamal] «Barsa»sini!» — deya «Mundo Deportivo» Simeone so’zlarini keltirdi. Eslatib o’tamiz, «Atletiko» avval ham 2013/2014 va 2015/2016-yilgi mavsumlarda «Barselona»ni CHLdan chiqargan edi. Yarim finalda «Atletiko» «Sporting» — «Arsenal» juftligi g’olibi bilan to’qnash keladi. Bu sensatsiya bo’ladi!
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







