⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Moskva «Lokomotiv»i va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Silyanov milliy terma jamoa hamda Rossiya klublarining xalqaro turnirlarga qaytishi haqida o’zining hayajonli fikrlarini bildirdi! «Ishonchim komilki, bizni [futbolchilarni] xalqaro maydonga eng oxirida qaytarishadi! Qachon bo’lishini tasavvur ham qila olmayman. Futbol bilan vaziyat haqiqatan ham murakkab! Agar qaytarishsa, uy o’yinlarini betaraf maydonda o’tkazish varianti men uchun maqbul! Asosiysi – o’ynash! Rossiyada bo’lsa, albatta, ancha yoqimli bo’lardi, ammo muxlislar boshqa mamlakatga ham borishadi. Masalan, Serbiyaga!» – dedi Silyanov «Chempionat» muxbiri Vladimir Chetverik bilan suhbatda.






