⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Voh, bu qanday sensatsiya! «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Liverpul»ni tark etgan 33 yoshli hujumchi Muhammad Salahni jamoaga olib kelmoqchi! Bu xabarni «La Repubblica» berdi.
Manba ma’lumotiga ko’ra, italiyalik mutaxassis «Liverpul»dan ketgan qanot himoyachisi Endryu Robertson xizmatlariga ham qiziqmoqda. Qolaversa, «Yuventus» mersisaydlik darvozabon Alisson Bekerni ham xarid qilmoqchi!
Spalletti «Roma»da birga ishlagan Salah bilan yana faoliyat yuritishni orzu qiladi. Ta’kidlashicha, murabbiy misrlik futbolchiga, Alisson orqali ham ta’sir o’tkazishi mumkin. Bu qiziqarli vaziyat!
Salah «Roma»da 2015-2017 yillarda o’ynagan. Spalletti «bo’rilar»ni 2005-2009 yillarda va 2016-2017 yillarda boshqargan.






