⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Liverpul» hujumchisi Mohamed Salah jamoani tark etganidan so’ng, hayajonli his-tuyg’ularini bo’lishdi. Angliya Premer-ligasi 38-turining «Brentford»ga qarshi (1:1) o’yini misrlik futbolchining klubdagi to’qqiz yillik faoliyatidagi so’nggisi bo’ldi. Afsuski, Salah bilan birga himoyachi Endryu Robertson ham «Liverpul»ni tark etdi.
«Men juda ko’p yig’ladim, o’ylaymanki, butun hayotimda bunchalik yig’lamaganman! Lekin bunday joydan ketish juda qiyin. Hatto mashg’ulot bazasida ham biroz yig’ladim. Men hissiyotli inson emasman, siz buni OAVda kam ko’rasiz. Meni doim qat’iyatli, tajovuzkor ko’rasiz, ammo ichimda men bolakay kabi! Bu juda og’ir! Biz bu yerda yoshligimizni o’tkazdik, borimizni boshidan oxirigacha bo’lishdik. Bizda bo’lgan narsalar haqida orzu ham qilmagandik, ammo buni klub uchun qildik! Biz uni o’z munosib joyiga qaytardik. Bu haqiqiy sensatsiya!» — dedi Salah.
«Bu bizning kiyinish xonasidagi o’yinchilarga murojaatimiz. Eshtishsin! Hozir klub hamma narsa uchun kurashmoqda. Muxlislar kamiga rozi bo’lishmaydi. Maydonda bor kuchingizni bersangiz, natija qanday bo’lishidan qat’i nazar, ularga farqi yo’q. Ular sizni abadiy sevishadi! Mana sizlarga aytmoqchi bo’lganim: gap iste’dodda emas, balki qolgan hamma narsada! Shuning uchun ham uni [Robertsonni] hammadan ko’proq sevishadi – u maydonda borini berdi va muxlislar uni shuning uchun sevishadi. «Liverpul»dan ketish oson emas, ammo hayot shunaqa va biz oldinga intilishimiz kerak!» — deya Salahning so’zlarini «Liverpul»ning rasmiy sayti keltirdi.







