⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Vau! «Monako»ning sobiq darvozaboni Giyom Varmuz «PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonovning «Bavariya»ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida (1:1) to‘pni autga tez-tez tepgani haqida sensatsion izoh berdi.
Varmuzning so‘zlariga ko‘ra, Safonov to‘pni autga bir necha bor tepganini ko‘rgach, bu tasodif emasligini darhol tushungan. Shubhasiz, oyoq bilan o‘ynash uning asosiy sifati emas, ammo bu holat to‘rt-besh marta takrorlansa… bu sof taktika ekanligi aniq! Mana Luis Enrikening naqadar fenomenal aniqlikda ishlaganini ko‘ring! U o‘z jamoasi uchun yechim topish maqsadida barcha detallarni daqiqalar bo‘yicha tahlil qilgan. U Oliseyni nishonga olgan va bu ish bergan, chunki birinchi o‘yinga nisbatan biz uni deyarli ko‘rmadik. U «Bavariya»ni o‘z futbolini o‘ynamaslikka majbur qildi – bu shunchaki daho ishi!
E’tibor bering, Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ni «Arsenal» kutmoqda! Bu qanday o’yin bo’lishini tasavvur qiling!







