Roy Kin Angliya terma jamoasi murabbiyi Tomas Tuchelni tanqid qildi

Roy Kin Angliya terma jamoasi murabbiyi Tomas Tuchelni tanqid qildi Milliy Terma Jamoa
Roy Kin Angliya terma jamoasi murabbiyi Tomas Tuchelni tanqid qildi — "Manchester Yunayted" va Irlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Roy K...

«Manchester Yunayted» va Irlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Roy Kin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuchelning motivatsion so’zlarida o’zgacha hech narsa yo’q, deb hisoblamoqda! Bu qiziqarli fikr, albatta!

Masalan, JCh-2026 saralash bosqichida Xorvatiya bilan kechgan (4:2) o’yinda murabbiy tanaffusda nutq so’zlagan, Garri Keyn esa bahsdan so’ng uning jamoaga juda yordam berganini ta’kidlagan edi.

«Tuchelning tanaffusdagi nutqi haqida juda ko’p gap-so’zlar avj olib ketdi, bu ajablanarli! – deya hayratlanadi Kin. – Axir bu uning ishi, shunday emasmi? Murabbiyning vazifasi — ma’lumot berish, futbolchilar esa maydonga chiqib o’z ishini qilishadi. Har qanday murabbiy ham shunday qilgan bo’lardi!

Siz jamoani tanaffusda to’playsiz va futbolchilarga nima qilish kerakligini aytasiz. Demak, bu yerda haddan tashqari ko’p hayajon va olqishlar bo’ldi.

Har bir o’yin boshqa, har bir vaziyat turli xil bo’ladi. Men o’z faoliyatim davomida ajoyib murabbiylar bilan ishlaganman. Ba’zan tanaffusga kirib, tanqid kutasiz. Ammo buning o’rniga, shunchaki o’yin bo’yicha maslahatlar olasiz. Ba’zan esa aksincha – hamma narsa a’lo deb o’ylaysiz, lekin birdan qattiq tanqidga uchraysiz.

Murabbiy hozirgi vaziyatda futbolchilar uchun zarur deb hisoblagan narsani aytadi. U bunga doim yaxshi tayyorlangan bo’ladi», – deya Kinning so’zlarini GOAL nashri keltirmoqda.

Оцените статью
⚽ LIVE
Finland1-1Albania36'
Croatia16:00England
Belarus16:00San Marino
Iceland16:00Bulgaria
Estonia16:00Luxembourg
Spain18:45Czechia
Switzerland18:45Slovenia
FYR Macedonia18:45Scotland
Finland1-1Albania36'
Croatia16:00England
Belarus16:00San Marino
Iceland16:00Bulgaria
Estonia16:00Luxembourg
Spain18:45Czechia
Switzerland18:45Slovenia
FYR Macedonia18:45Scotland