⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Rostov» bosh direktori Andrey Chayka klub murabbiylar shtabiga o’zgartirishlar kiritish ehtimoli borligi haqidagi savolga nihoyat javob berdi!
«Haqiqatan ham Albani ishdan bo’shatishni ko’rib chiqayapsiz, ispaniyalik mutaxassis o’rniga Gusev asosiy nomzodmi?» degan savolga Chayka shunday javob qildi: «Bu ma’lumot haqiqatga to’g’ri kelmaydi! Bugun biz Albaga va butun murabbiylar shtabiga ishonamiz. Ular faqat o’yin haqida o’ylasin. Bugungi kunda hech qanday o’zgarish yo’q, bunday mish-mishlar qayerdan kelayotganini bilmayman. Natija bor, biz undan kelib chiqamiz. Murabbiylar shtabida «Rostov» futbol klubida ishlashga loyiq ekanligini isbotlash uchun imkoniyatlar yetarli. Biz hech qanday Gusevni ko’rib chiqmayapmiz — bu yolg’on!» – deya «Match TV» Chaykaning ushbu qat’iy so’zlarini keltirdi.







