⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib yangilik! Himoyachi Romano Floriani Mussolini «Lazio»ning asosiy tarkibida debyut qildi! Bu voqea «Bolonya»ning «Renato Dall’Ara» stadionida yuz berdi. Qarang-a, bu stadionni 1926-yilda uning buyuk bobosi Benito Mussolini ochgan edi – bu haqiqiy sensatsiya! Romano Floriani — Mauro Floriani va Benito Mussonilining nabirasi Alessandra Mussonilining o’g’li. Mussolini — Italiya Milliy fashistik partiyasi lideri, 1922-yildan 1943-yilgacha Italiyaga bosh vazir sifatida boshchilik qilgan. Romano Floriani «Lazio»ga 2023-yil 1-iyulda qo’shildi. Garchi transfer iyulda bo’lgan bo’lsa-da, futbolchi 2021-yildan beri asosiy tarkibga jalb qilingan edi. Uning «Lazio» bilan shartnomasi 2028-yil iyunigacha amal qiladi. Yakshanba kuni, 24-avgustda bo’lib o’tgan A Seriya 1-turida «Bolonya» va «Lazio» o’rtasidagi bahs Rim klubining 1:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi! Qoyil!







