⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli xabar! Sun’iy intellektga ixtisoslashgan kompaniya 2026-yilgi Jahon chempionatining eng mashhur 150 futbolchisi tashqi ko’rinishini “oltin kesim”ga asoslanib tahlil qildi. Bu yuzning simmetriyasi, muvozanati va uyg’unligini ko’rsatadi.
Tadqiqotga ko’ra, eng chiroyli futbolchi Argentina yarim himoyachisi Rodrigo De Paul (74,18%) bo’ldi. Ikkinchi o’rinni Germaniya hujumchisi Kay Havertz (74,10%), uchinchini Angliya vingeri Noni Madueke (73,29%) egalladi.
Ulardan keyin Misrlik Mohamed Salah (73,27%), braziliyalik Endrik (73,25%) va koreyalik Son Xun Min (73,24%) joy oldi. RMC Sport xabar beradi.
Eng kutilmagani shuki, Portugaliya hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu bu reytingda atigi 45-o’rinni egalladi! Bu haqiqiy sensatsiya!
Tadqiqotni o’tkazgan kompaniya izohicha, Ronaldu imidjiga e’tiborli bo’lsa-da, 45-o’rin “oltin kesim”ning o’ziga xosligini ko’rsatadi. U uslub, xarizma yoki mashhurlikni emas, faqat yuzning mutanosibligini o’lchaydi.
Aytgancha, Portugaliya terma jamoasi Ronaldu bilan birga ChM-2026 uchun AQShga yetib keldi.







