⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Rodina» himoyachisi va sardori Artyom Meshchaninov Pari Ligasi (Birinchi liga)dagi hakamlik darajasi haqida hayajonli fikrlar bildirdi! «Bizni hozirda ko’p yangi hakamlar boshqarishdi. Albatta, ko’z oldimda «Nefteximik» bilan o’yin turadi, o’shanda so’nggi daqiqada golimizni bekor qilishgandi. Bu haqiqiy sensatsiya! Umuman olganda, tajribasizlar ko’pligi bois, xatolar futbolchilardagi kabi ularda ham yuzaga keladi. Lekin ular tez o’rganib, har bir kontaktga hushtak chalmaslikni, simulyatsiya qilinganda o’yinni to’xtatmaslikni odat qilishadi. Eng muhimi, o’yin sur’ati buzilmasin. Yosh hakamlar tajribali futbolchilar bosim o’tkazsa, asabiylashib, qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin», — dedi Meshchaninov «Chempionat» muxbiri Aleksandr Yershov bilan eksklyuziv suhbatda.







