⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Angliya Premyer-ligasining 36-turidan o’rin olgan «Lids»ga (1:1) qarshi o’yinidan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Bu durang natija murabbiyning g’azabini keltirgani aniq!
«Uchrashuvning birinchi daqiqasidan to yakunigacha hakam menga doimiy «Agar texnik zonadan chiqsangiz, sariq kartochka olasiz!» deb ogohlantirdi. Bu holat juda g’alati! Menimcha, bugun ular xotirjam emasdi. Ehtimol, kechagi «Arsenal»ga qarshi o’yindagi bosim ularni qiynagandir.
Shubhasiz, biz to’p tezligi va maydondagi tartibsizlik tufayli katta bosimni his qildik. To’p bilan ishtiyoqsiz o’ynadik, o’ta shoshqaloqlik qildik. Ammo hakam ham bugun o’zini tinch tuta olmadi. Bilmayman. Men kechagi VAR bo’yicha shikoyatlarni umuman tushuna olmayapman, chunki agar futbol haqida gapiradigan bo’lsak, Devid Rayyaga 100% emas, balki 200% hujum qilingan edi!» — dedi De Zerbi matbuot anjumanida. Bu haqiqiy sensatsiya!
«Tottenhem» Angliya chempionati jadvalida 36 o’yindan so’ng 38 ochko bilan 17-o’rinni egallab turibdi. Klub uchun vaziyat juda jiddiy tus olmoqda!







