⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! «Real Madrid» yarim himoyachilari Federiko Valverde va Orelen Tchouaméni mashg’ulotda janjallashgani uchun intizomiy jazodan tashqari, klubning ichki nizomi bo’yicha ham sanksiyalarga duch kelishadi! Bu ma’lumotni COPE jurnalisti Melxor Ruis o’zining X ijtimoiy tarmog’ida oshkor qildi. Ichki nizomga ko’ra, og’ir qoidabuzarliklar uchun futbolchilar 3 tadan 10 tagacha o’yindan chetlatiladi. Shu muddatda ular maoshlaridan ham mahrum bo’lishadi. O’ta og’ir qoidabuzarliklar uchun esa, futbolchilar 11 tadan 20 tagacha o’yinda maydonga tushmaydi va maosh ham olmaydi. Eng yomoni, ular intizomiy ishdan bo’shatilish xavfi ostida ham qolishi mumkin! Nima uchun «Real» Madrid XX asrning eng yaxshi klubi bo’lgan, bilasizmi?






