⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Afsuski, bu mavsumda Ispaniya La Ligasidan tushib ketuvchi ilk jamoa nomi aniq! Bu «Real Oviedo» klubi! Ular milliy chempionatdagi o’rnini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarini butunlay yo’qotdi. Bu haqiqiy zarba!
Ushbu shafqatsiz xabar Ispaniya chempionatining 35-turida hal bo’ldi. Unda najot beruvchi 17-o’rinda borayotgan «Jirona» klubi «Rayo Valyekano» bilan 1:1 hisobida durang o’ynagani, «Oviedo»ning taqdirini hal qildi!
«Oviedo» hozirda 35 ta o’yinda atigi 29 ochko bilan turnir jadvalida so’nggi, 20-o’rinni egallab turibdi. Elita divizionida qolish zonasi («Jirona» joylashgan 17-o’rin) bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil etmoqda, chempionat tugashiga esa atigi uch tur qoldi. Umidlar butunlay so’ndi!
Eslatib o’tamiz, «Oviedo» jamoasi joriy mavsumda La Ligaga yangi ko’tarilgan edi. «Ko’klar» Ispaniya oliy divizioniga 2000/2001 yilgi mavsumdan buyon ilk bor chiqqan edi. Bu qanday fojea!







