⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! «Real» portugaliyalik Joze Mourinyuni bosh murabbiy etib tayinlash uchun hatto 15 million yevrogacha to‘lashi mumkin! Bu «Benfika» bilan shartnomasidagi tovon puli bandi muddatining tugashi bilan bog’liq. Bu ajoyib xabar «The Athletic» nashrida e’lon qilindi! Manbaga ko‘ra, Mourinyuning «Benfika» bilan shartnomasida dastlab taxminan 6 million yevrolik tovon puli bandi mavjud edi. Ammo band muddati mavsum tugaganidan 10 ish kun o‘tib, 29-may, juma kuni nihoyasiga yetgan! Shok holat! «Real» Mourinyu bilan kelishuvga erishgan, biroq saylovlar sabab bandni faollashtira olmagan! Madriddagi klubda saylovlar 7-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Florentino Peresdan tashqari, 37 yoshli tadbirkor Enrike Rikelme ham nomzod.







