⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Barselona» va hakamlar texnik qo’mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra o’rtasidagi hamkorlikda korrupsion holat borligini ta’kidladi. «Qirollik klubi» rahbari bu ish bo’yicha hujjatlarning UEFaga yuborilganini ma’lum qildi. Hayratlanarli!
«Yaqinda «Barselona»ning Negreyra ishi haqida bildik va bu hamon davom etayotgan tushunarsiz vaziyatdir. Bu korrupsion ish! Futbol tarixidagi eng yirik janjal! «Barselona» yigirma yil davomida pul to’lagan, ammo bu hakamlar haligacha o’z ishida. Bu aqlga sig’maydi! Biz darhol hujjatlarni UEFaga topshiramiz, chunki bu vaziyat tartibga solishni talab qiladi», — dedi Peres matbuot anjumanida. Bu haqiqiy sensatsiya!
Eslatib o’tamiz, 2023-yilda «ko’k-anorranglilar»ga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) ishlagan Negreyraga to’lovlar uchun poraxo’rlik ayblovlari qo’yilgan. «Barselona» 2001-yildan 2018-yilgacha jami 8,4 million yevro atrofida to’lovlar qilganlikda ayblangan. Kataloniya klubiga ko’ra, Negreyra hakamlik texnik hisobotlar tuzish uchun tashqi maslahatchi sifatida yollangan. CTA sobiq vitse-prezidenti hakamlarga ta’sir o’tkazish uchun pora olganini rad etadi.






