⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli yangilik! Ispaniyaning nufuzli El Mundo onlayn nashri xabariga ko’ra, Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Maykl Oliseni sotib olish uchun «Bavariya»ga 9-iyun, seshanba kuni rasmiy taklif yo’llaydi! Manbaga ko’ra, «Qirollik klubi» fransiyalik futbolchi uchun 150 million yevro to’lashga tayyor; zarurat tug’ilsa, «Bavariya» rozi bo’lmagunicha bu summani oshiradi. Bu haqiqiy sensatsiya! O’tgan mavsumda Olise barcha turnirlarda jami 52 ta o’yinda maydonga tushib, 22 ta gol urishga va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bu fantastika! Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha imzolangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko’ra, iste’dodli futbolchining bozor qiymati ham aynan shu 150 million yevro!







