⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! Joze Mourinyoning Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi, «Qirollik klubi»dagi prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilingunga qadar kechiktirildi. Ispaniyalik biznesmen Enrike Rikelmening «qaymoqranglilar» rahbari lavozimiga nomzod bo’lish niyati barcha sport rejalarini, shu jumladan Mourinyoning qaytishini ham to’xtatdi! Saylovlar 7-iyun kuni bo’lib o’tadi. Mundo Deportivo shunday xabar berdi. Manba ma’lumotiga ko’ra, Rikelme rasmiy nomzod bo’lish uchun hujjatlarini topshirishi kerak. Bunga oxirgi muddat — 23-may, shanba! Ta’kidlanishicha, hamma narsa amaldagi prezident Florentino Peres g’alabasiga va Mourinyoning taklifiga ishora qilmoqda. Dastlab «Real» portugaliyalik mutaxassisni 24-may yakshanba yoki 25-may dushanba kuni tanishtirishni rejalashtirgandi.






