⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres va klub rahbariyati har bir futbolchiga UEFA Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqish uchun naqd 500 ming yevro miqdorida mukofot puli taklif qilgan! AS xabariga ko‘ra, bu hayratlanarli qaror «Bavariya»ga qarshi chorak finalning birinchi o‘yinidan so‘ng, futbolchilarni qo‘shimcha ruhlantirish maqsadida qabul qilingan edi. Klub rahbariyati bu xarajatlarni UEFAning sovrin pullari hisobidan qoplashni rejalashtirgan: yarim finalga chiqish «Real»ga 15 million yevro kafolatlagan! Madridliklar turnirning keyingi bosqichidagi uy uchrashuviga chiptalar sotuvidan ham xuddi shunday miqdordagi daromad olishi mumkin edi. Ammo, afsuski, taklif qilingan katta bonusga qaramay, jamoa turnirni tark etdi. Bu haqiqiy sensatsiya! «Real» chorak final o‘yinlarida «Bavariya»ga 1:2 va 3:4 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi. Klub so‘nggi bor Chempionlar Ligasini 2023/2024 mavsumida, hal qiluvchi o‘yinda Dortmundning «Borussiya»sini 2:0 hisobida mag‘lub etib qo‘lga kiritgan edi.







