⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! Meksika terma jamoasi hujumchisi Raul Ximenes shu yozda katta ehtimol bilan «Vulverxempton»ga qaytadi! Insayder Fabritsio Romano bu haqda oʻzining X ijtimoiy tarmogʻida ma’lum qildi.
O‘tgan mavsumda Ximenes «Fulhem» safida to‘p surib, 43 o‘yinda 10 gol urdi va uchta golli uzatma berdi! Uning «dachaliklar» bilan shartnomasi 2026-yil 30-iyunda tugaydi. «Transfermarkt»ga ko‘ra, meksikalikning qiymati 3 million yevro. Bu qanday ko’rsatkichlar!
Ximenes 2018 yildan 2023 yilgacha «Vulverxempton»da to‘p surgan! Jami 166 o‘yinda maydonga tushib, 57 gol urdi va 23 golli uzatma berdi! Bu qanday tarix!







