⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
UEFA Konferensiyalar Ligasi uchinchi saralash javob bahsi davom etmoqda! Unda Ozarbayjonning «Qarabağ» va Ukrainaning «Dinamo» Kiyev jamoalari to’qnash kelishmoqda. Uchrashuv Baku (Ozarbayjon)dagi «Tofiq Bahramov» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Bahsni Angliyalik Styuart Attvell boshchiligidagi hakamlar boshqarmoqda. Yangilik yozilayotganida hisob 2:0, maydon egalari oldinda! Bu haqiqiy sensatsiya! «Chempionat» sayti onlayn translyatsiya olib bormoqda. 69-daqiqada ukrainalik hujumchi Aleksey Kashchuk «Qarabağ»ning ikkinchi golini kiritdi! Avvalroq, 12-daqiqada hujumkor yarim himoyachi Jali Muaddib hisobni ochgan edi. «Dinamo» Kiyev va «Qarabağ»ning ilk o‘yini bir hafta avval, 6-avgustda bo‘lgandi. O‘shanda Ukraina klubi futbolchilari 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu juftlik g‘olibi uchinchi muhim Yevropa kubogi guruh bosqichi pley-offiga yo‘l oladi.







