PSJ ustozi Luis Enrike: Liverpulga qarshi bahs – qopqonli o’yin!

PSJ ustozi Luis Enrike: Liverpulga qarshi bahs – qopqonli o'yin! Yangiliklar
PSJ ustozi Luis Enrike: Liverpulga qarshi bahs – qopqonli o'yin! — PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi chorak finalidagi "Liverpul"ga qars...

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi chorak finalidagi «Liverpul»ga qarshi javob o‘yinidan kutilmalarini hayajon bilan bildirdi.

«Men uchun bu haqiqiy qopqonli o’yin! Hamma birinchi o’yinda biz kuchliroq bo’lganimizni aytyapti – va bu rost. Lekin o’yinlar juda tez o’zgarishi mumkin! Biz diqqatli, tayyor bo’lishimiz shart. Birinchi bo’limda gol o’tkazib yuborish mumkin va o’yin yana ochiq tus oladi. O’yinga odatdagidek tayyorgarlik ko’rishga harakat qilishimiz kerak, chunki bu bizning mentalitetimiz. Faqat himoyalanib qolish emas, balki gol urish va g’alaba qozonishga intilish – mana shu men uchun asosiy kalitdir!» — deya L’Équipe Enrike so’zlarini keltirdi.

Parijliklar ilk uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edilar. Javob bahsi 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Оцените статью
⚽ LIVE
Netherlands1-1Morocco120'
Ivory Coast17:00Norway
France21:00Sweden
Netherlands1-1Morocco120'
Ivory Coast17:00Norway
France21:00Sweden