⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Voh, bu sensatsiya! Madridning «Atletiko»sining 25 yoshli markaziy hujumchisi Xulian Alvaresga Fransiyaning «PSJ» klubi jiddiy qiziqish bildirib, «qizil-oqlar»ga taklif yubordi. Argentinalik jurnalist Veronika Brunatining X ijtimoiy tarmog’idagi xabariga ko’ra, fransuz grandi argentinalik hujumchi uchun 120 million yevro to’lashga va ismlari oshkor etilmagan ikki futbolchini berishga ham tayyor! Avvalroq, Kataloniyaning «Barselona»si «qizil-oqlar»ga 100 million yevro taklif qilgan edi. Londonning «Arsenal»i ham bu futbolchiga qiziqmoqda! Raqobat shiddatli!







